Rayhon - Sumbula paroles de chanson

paroles de chanson Sumbula - Rayhon



Sunbula-yu sunbula,
O'rab olay gul bilan.
Nega sumbulaning guli
Eslatar menga seni, qiynab meni?
O'z-o'zimdan qochaman, deb
Yiroqqa ketar edim, qochar edim.
Orzularimga, umidlarimga,
Sevgimga ishonchim so'ndirmagin.
Sevib qoldim men abadiy,
Sunbula gulin hadya aylagin.
Sunbula-yu sunbula,
O'rab olay gul bilan.
Sevgimga ishonchim so'ndirmagin...
Nega yulduzlar samosiz
Zulmatda yashnamaydi, chorlamaydi?
Sen olib kelgan ko'z yoshlar yomg'iri
Kerak emas menga endi.
Titramoqda tanamda jon,
Sen ketsang yiroqqa, uzilar jon.
Sevgimizni avaylagin,
Sunbula gulin hadya aylagin.
Sunbula-yu sunbula,
O'rab olay gul bilan.
Orzularimga, umidlarimga,
Sevgimga ishonchim so'ndirmagin.
Sevib qoldim men abadiy,
Sunbula gulin hadya aylagin.
Sunbula-yu sunbula,
O'rab olay gul bilan.




Rayhon - Sevgi...Bu Nima?




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.