Sardor Rahimxon - Bodomgulim paroles de chanson

paroles de chanson Bodomgulim - Sardor Rahimxon




Jonga tegdi sening yomon qaysarliging,
Erkaliging, tannozliging, o'jarliging.
Ko'zin suzgan har go'zalga ko'ngil bersam,
Aybing bilib, mening qadrim bilarmiding.
Jonga tegdi sening yomon ayyorliging,
Egovlash uchun har baloga tayyorliging.
Bir gapirsam, o'nta qilib qaytarmasdan-ey,
Bir zumgina jim turolsang o'larmiding-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va'dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko'kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko'nmaydi-ey.
(Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va'dasi,
Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va'dasi.)
Arazlasa, darrov aytar dadasiga,
Asta-asta, sekin-asta onasiga.
Dadasi ham, onasi ham yetmaganday,
Qolgan gapni aytar katta xolasiga.
Bodomgulim, boyvachchaning qiziman, der,
Osmondagi oyning xuddi o'ziman, der.
Bir piyola choy damlashni bilmaydi-ya,
Oq ot mingan shahzodaga arzirman, der.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va'dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko'kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko'nmaydi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey...
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va'dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko'kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko'nmaydi-ey.
(Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va'dasi,
Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va'dasi.)
By $$YJS$$



Writer(s): iqbol muhammad



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}