Sardor Rahimxon - Onajon paroles de chanson

paroles de chanson Onajon - Sardor Rahimxon



Hayotda oz yashab, ko'p azob ko'rdim,
Gohida yiqildim, gohida turdim.
Sevgidan ham, do'stdan ham birvarakay kuydim,
Dedingiz: "Jon bolam, saqlama dilda g'am."
Mehrning narxi yo'q, do'stlarning soni,
Minnatli bo'larkan o'zganing noni.
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
Bo'zlab qolma yo'qotgach hidlab ro'moli.
Mehribonim onam,
Beozorim onam,
Beg'uborim onam,
Onajonim, onam.
Nomarddan ulfat qilib, boshimga kulfat qilib,
Davlat ketganda oldim kimga kimligim bilib.
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar,
Andishasiz yurganda ortimdan g'iybat qilib.
Boshim toshga tekkanda, chekkanimda nadomat,
Tangridan erta-yu kech so'ragan menga omad,
Onam!
Duolaringiz sabab omad quchog'in ochib,
Davru-davronim keldi, yo'qchilik nari qochib.
Aslida siz ekansiz mening baxtu-omadim,
Quyoshdek porlab turing boshimda nurlar sochib,
Onam, onam, onam.
Mehribonim onam,
Beozorim onam,
Beg'uborim onam,
Onajonim, onam.
Ichim to'lib aytdim-da gapning xonasin,
Bunchalar ham mo'rt bo'lar odam bolasi?
Eng vaxshiy inson ham dod-faryod qilib,
Yig'larkan hayotdan o'tsa onasi.
Mehrning narxi yo'q, do'stlarning soni,
Minnatli bo'larkan o'zganing noni.
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
Bu dunyoda jannatim, omon bo'lsin joni.



Writer(s): Sardor Rahimxon


Sardor Rahimxon - Tanhoginam
Album Tanhoginam
date de sortie
11-07-2014




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.