Ummon - Ishonma Sevgiga paroles de chanson

paroles de chanson Ishonma Sevgiga - Ummon



Inson nimaga sevar va nimalarga erishar?
Vaholanki va'dalar berayotgan lablar aldar
Muhabbatga ishontirishga undar
Nima u o'zi muhabbat, baxtmi yoki razolat?
Qani kim javob berar?
Agarda sevganingga qilganingda tunda qo'ng'iroq bo'lsa band
So'ngra esa "xizmat", so'ngra esa minglab xayollar tonggacha qiynab
Tun esa o'tadi go'yoki asr, lekin qiladi sabr
Otdi tong, minglab azoblar chekib o'tdi tun
Badani butun, lek yuragida qon
So'ngra esa berkitilgan raqamdan qildi u qo'ng'iroq
Qiz esa: "Allo" deya javob
"Nechun kechasi bilan aloqalar band?"
Degan savolga qaysi yuz bilan beradi javob?
Axir, xiyonat deganlari shu emasmi?
Axir, hammasi shundan boshlanmasmidi?
Ishonma sevgiga
Ishonma muhabbatga
Yolg'onlar ko'zlaringni ko'r qiladiku bir kun
Sevgining bor-yo'g'i yolg'on
Unda yo'q vafo, ishon
Minglab aldangan ko'zlar yig'laydi, sababi yolg'on
Inson nimaga sevar va ne uchun undan kechar?
Agarda sevganiga qilsa bir kun xiyonat
Ne uchun ichar qasam, jabrlangan, siqilar
Terilar o'sha raqam, aloqalar band, lek ko'tardi bu safar
Beriladi bittayu-bitta, yagona savol:
"O'zi biz bir-birimizni sevganmiz nega"?
Inson baxtli bo'lish uchun sevar
Netay, baxtsiz bo'lib qoldimku battar
Hammasidan ham qiladigani a'lam, unutiladi sevgi
Sevib qolgan men, sen emas
Endi baqirsang bo'ladi deya "Mani g'alabam"
Men esa mag'lubman, tuyg'u yo'q bu o'yinda
Mayli, endi ketaver
Tuyg'ularni yer-yer qilib maqsadingga yetaver
Endi ishonmayman muhabbatga, rahmsiz tuyg'uga
Umuman hech kimga
Ishonma sevgiga
Ishonma muhabbatga
Yolg'onlar ko'zlaringni ko'r qiladiku bir kun
Sevgining bor-yo'g'i yolg'on
Unda yo'q vafo, ishon
Minglab aldangan ko'zlar yig'laydi, sababi yolg'on
Ishonma sevgiga
Ishonma muhabbatga
Yolg'onlar ko'zlaringni ko'r qiladiku bir kun
Sevgining bor-yo'g'i yolg'on
Unda yo'q vafo, ishon
Minglab aldangan ko'zlar yig'laydi, sababi yolg'on
Bilsang, men senga ishondim
Va hech kimga alishmadim
Lekin, sendan kutmagandim
Xiyonatga duchor bo'ldim
Netay, men seni sevardim?
Ishonma sevgiga
Ishonma muhabbatga
Yolg'onlar ko'zlaringni ko'r qiladiku bir kun
Sevgining bor-yo'g'i yolg'on
Unda yo'q vafo, ishon
Minglab aldangan ko'zlar yig'laydi, sababi yolg'on
Ishonma sevgiga!




Ummon - Yana-Yana
Album Yana-Yana
date de sortie
27-09-2013




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.