Xamdam Sobirov feat. Ziyoda - Qora atirgul paroles de chanson

paroles de chanson Qora atirgul - Ziyoda , Xamdam Sobirov



Xayolim joyidamas, aqldan ozdim
To'g'ri yo'l tanlamadim, baxtimdan qochdim
Hiylayu-fitnalarga yuragimdan joy berdim
Nahotki, qo'limdagi omadimni boy berdim?
Nimalar yo'qotdim, nimalarni topdim
Orzularim yo'lini birin-ketin yopdim
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona
Qaytadimi hayotimga men yo'qotgan bahorlar
Aytadimi suyukligim qulog'imga izhorlar?
Kulsam, endi meni yig'latmanglar
Yerda yursam, bas yashashni menga o'rgatmanglar
To'rt devor orasidaman, olib ket, olib ket
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket
Qani endi hammasini oq qog'ozdan boshlasam
Bu holatda bo'lmasmidim to'g'ri qadam tashlasam?
Kim aslida kimligini hozirgidek bilsaydim
Ko'zlariga qarab turib, yolg'onlarin ko'rsaydim
Yaqin insonlarimni, qadrimni yo'qotmasdim
Ikki dunyo xiyonatning botqog'iga botmasdim
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona
Qaytadimi hayotimga men yo'qotgan bahorlar
Aytadimi suyukligim qulog'imga izhorlar?
Kulsam, endi meni yig'latmanglar
Yerda yursam, bas yashashni menga o'rgatmanglar
To'rt devor orasidaman, olib ket, olib ket
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket
Men bugun yana zulmatda yonaman
Ucholmayman, shu qafasda qolaman
Azoblarim qanchadan qancha
Dardlarim anchadan ancha
Ey, hayot qiynama buncha
Qiynaldim qancha




Xamdam Sobirov feat. Ziyoda - Yaxshi qol
Album Yaxshi qol
date de sortie
28-10-2021



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.