Bojalar - Hayot (with Orolmirzo Safarov) текст песни

Текст песни Hayot (with Orolmirzo Safarov) - Bojalar



(Farzandlarim o'rniga men bemor bo'lay,
Kerak bo'lsa, ularga bor jonim beray.
Qancha toshing bo'lsa, mayli menga ot,
Faqat farzandlarim yig'latma, hayot!)
Besh kunlik hayotsan,
Sira bilmaysan shafqat.
Kimga berarsan baxt,
Kimgadir esa zahmat.
So'nggi nafasgacha aytarman rahmat,
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr bolalarim yig'latmasdan o'tsang.
Doimo kulib yursin,
O'tsin vaqti chog'.
Baxtimga iloyim,
Bo'lsin tani-joni sog'.
Bir qisim bu ko'nglim bo'lar edi tog',
Agar toshing bolamga emas, menga otsang,
Bir umr bolalarim yig'latmasdan o'tsang.
Qancha toshing bo'lsa, mana menga ot,
Faqat farzandlarim yig'latma, hayot.
Qancha toshing bo'lsa, mana menga ot,
Faqat bolalarim yig'latma, hayot!
Har bir o'tgan oni mudom baxtga to'lsin,
G'am-tashvishlar undan ancha yiroq bo'lsin.
Mayli, mening umr gulim so'lsa so'lsin,
Agar toshing bolamgamas, menga otsang,
Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.
Yulduz kabi porlab tursin ikki ko'zi,
Butun bo'lsin farzandlarim rizq-u ro'zi.
Ular baxtli bo'lsa basdur, men sendan rozi,
Agar toshing bolamgamas, menga otsang,
Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.
Qancha toshing bo'lsa, mana menga ot,
Faqat farzandlarim yig'latma, hayot!
Qancha toshing bo'lsa, mana menga ot,
Faqat farzandlarim yig'latma, hayot!




Bojalar - Guli
Альбом Guli
дата релиза
01-12-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.