Текст песни Shukrona - Botir Qodirov
O'zingsan abadiy azaliy borim,
Taqdiring oldida faqat jim bo'ldim,
Marhamating cheksiz parvardigorim,
Kecha kim edimu bugin kim bo'ldim.
Marhamating cheksiz parvardigorim,
Kecha kim edimu bugin kim bo'ldim.
Mehnatim ro'yobga oshib turibdi,
Do'stlar qirg'og'idan toshib turibdi,
Nigohlar biz tomon shoshib turibdi,
Kecha kim edimu bugin kim bo'ldim.
Nigohlar biz tomon shoshib turibdi,
Kecha kim edimu bugin kim bo'ldim.
Tunlar o'tmishimga bo'ylab qolaman,
Farzandlarimga goh so'zlab qolaman,
Yo shirin tushmi deb o'ylab qolaman,
Kecha kim edimu bugin kim bo'ldim.
Qudrating oldida taslimman, qulman,
Himmating oldida bir hovuch kulman,
Sen qo'llab turmasang aytgin men kimman,
Kecha kim edimu bugun kim bo'ldim.
Adashtirib qo'yma to'g'ri yo'limdan,
Noming ushlab yursin ikki qo'limdan.
Shukr omad berding o'nggu so'limdan,
Kecha kim edimu bugun kim bo'ldim

Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.