Botir Qodirov - Yulduz текст песни

Текст песни Yulduz - Botir Qodirov




Qalbimni otashga to'ldirib mani,
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Harchand urinsamda qo'llarim yetmas,
Joylarga ketding-ey, oh yulduz?
Yonimda yo'qmidi senga joy, bilmam?
Oylarga ketding-ey, oh yulduz.
Ko'zlarim yosh to'kib, chashmaday oqib,
Soylarga ketdi-yey, oh yulduz.
Yuragi bo'sh, lekin hamyoni to'la,
Boylarga ketding-ey, oh yulduz.
Tinglasang dardimni, zog'lardan ko'pdur,
Tog'lardan balandroq, toshlardan ko'pdur.
Endi baxtli bo'lmoq chorasi yo'qdur,
Baxtingdan kechding-ey, oh yulduz.
Hey, Yulduz.
Yurakda hislarim ayladi isyon,
Muhabbat bir yondur, xiyonat bir yon.
Netarman, yer qattiq, olisdur osmon?
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Netarman, yer qattiq, olisdur osmon? {}
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Qalbimni otashga to'ldirib mani,
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Harchand urinsamda, qo'llarim yetmas,
Joylarga ketding-ey, oh yulduz.
Oh yulduz...



Авторы: Iqbol Muhammad, Nodir Azimov


Botir Qodirov - Ko'ngil Izhori
Альбом Ko'ngil Izhori
дата релиза
07-03-2019





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.