Dildora Niyozova - Mehrim Kammidi текст песни

Текст песни Mehrim Kammidi - Dildora Niyozova



Eslasam, qalbim og'rinar,
Yurak talpinar sen tomon, sen tomon
Ko'zlarim ham sog'inar,
U qachon talpinar men tomon, men tomon?
Dilim sog'inib, ko'zimdan ham sog'inar
Yo'l tomon, qarab yo'l tomon
Ko'rmasam, sog'inar, qanchalar og'rinar
Dil yomon, dil yomon
Berganing g'ammidi, g'ammidi, g'ammidi?
Yo sevgim kammidi, kammidi, kammidi?
G'am-alam jammidi, jammidi, jammidi
Sevgingda yor, qalbingda yor?
Berganing g'ammidi, g'ammidi, g'ammidi?
G'am-alam jammidi, jammidi, jammidi?
Yo mehrim kammidi, kammidi, kammidi,
Ayt, senga yor, ayt menga yor?
Yurakka o'q sanchilar,
Borgim kelar qanchalar u tomon, u tomon
Beparvo qanchalar,
Dilimni parchalar u hamon, u hamon
Hatto bir kunim o'tsa, sensiz ko'zlarim kulsa,
Bu yolg'on, bu yolg'on
Sevgimdan tonmadim, voz kecha olmadim,
Yor, oson, yor, oson
Berganing g'ammidi, g'ammidi, g'ammidi?
Yo sevgim kammidi, kammidi, kammidi?
G'am-alam jammidi, jammidi, jammidi
Sevgingda yor, qalbingda yor?
Berganing g'ammidi, g'ammidi, g'ammidi?
G'am-alam jammidi, jammidi, jammidi?
Yo mehrim kammidi, kammidi, kammidi,
Ayt, senga yor, ayt menga yor?




Dildora Niyozova - Yuragim
Альбом Yuragim
дата релиза
10-03-2020




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.