Dildora Niyozova - Yonma Yurak текст песни

Текст песни Yonma Yurak - Dildora Niyozova



Mana yana sevgi suvin ichdi yurak,
Mana yana o'z-o'zidan kechdi yurak.
Bilmam, yana qancha yonish-kuyish kerak,
Mana yana o'z joyidan ko'chdi yurak.
Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qo'yma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolg'on ertak?
Yurak, seni o'zi ne o'y o'rtamoqda?
Sevgin, deya seni ne ko'y undamoqda?
Sening darding bo'lak, uning dardi bo'lak,
Sen qayoqdasan-u yurak, u qayoqda?
To'ymadingmi shuncha yonib yolg'onlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?
To'ymadingmi shuncha yonib yolg'onlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?
Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qo'yma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolg'on ertak? (+)




Dildora Niyozova - Yuragim
Альбом Yuragim
дата релиза
10-03-2020




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.