Sardor Mamadaliyev - Kechir текст песни

Текст песни Kechir - Sardor Mamadaliyev



Guldek nozik, muattar eding
Hayoliy hur, kabutar eding
Tiniq, yorug' baxt kutar eding
Munis, mushfiq, mehribon qizim
Kechirolsang, kechirolsang, kechirolsang-kechir, jon qizim
Bilib turib, chohga otdim-mu
Kulib turib, seni sotdim-mu
Jaholatga tuban bottim-mu
Yuragingni qilib qon, qizim
Kechirolsang, kechirolsang, kechirolsang-kechir, jon qizim
Qanday toshdil ota bo'ldim man
Xato uzra xato bo'ldim man
Nadomatdan ado bo'ldim man
Boshim egik, mayli ton, qizim
Kechirolsang-kechir, jon qizim
Iqbol tilab, baxting buzgan kim
O'z gulini bevaqt uzgan kim
Oxir yig'lab, kuyib, to'zgan kim
Azob berar pushaymon, qizim
Kechirolsang, kechirolsang, kechirolsang, kechir jon qizim



Авторы: Sardor Mamadaliyev


Sardor Mamadaliyev - Oydanda Go'zal 2013
Альбом Oydanda Go'zal 2013
дата релиза
28-09-2015




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.