Sevara Nazarkhan - Ulugimsan Vatanim (Live) текст песни

Текст песни Ulugimsan Vatanim (Live) - Sevara Nazarkhan



Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim.
O'zimga bek, O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg'izim Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan...
Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon-
Cho'lig'imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zing san.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin Kurdistonda,
Boburing —Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim...
Qizim desang osmonlarga
G'irot bo'lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug'beking quchgayman,
G'ichir-g'ichir tishimdagi
So'lig'imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zingsan.
Ota desam, Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!



Авторы: Muhammad Yusuf, Sevara Nazarkhan


Sevara Nazarkhan - Humo Arena (Live)
Альбом Humo Arena (Live)
дата релиза
08-10-2021




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.