Ummon - So'ngi Iltimos текст песни

Текст песни So'ngi Iltimos - Ummon



Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab.
So'nggi bor, so'nggi iltimos,
Ket, qaytma, eslama biroz.
Yuragim tilkalayverma,
Dardimga dard qo'shib yana.
Endi bu sevgidan emas,
Nafratdan olamiz nafas.
Afsus, biz endi do'st emas,
Sensizman, atrofim qafas.
Qalbimni dard qiynayverar,
Sen yo'qliging sababmi bu?
Yuragimni ezaverar,
Mahzun tun qandaydir qayg'u.
Dardingga dard qo'shaverar,
Yolg'izlik seni yeb borar.
Eslayman so'nggi so'zlaring,
Yuragimni ezaverar.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab.
Ha, menga oson emas, sen kabi bo'lolmadim,
Sevgimizni senchalik oson unutolmadim.
Bu yolg'on ko'zlaringda o'zimni topolmadim,
Urundim, unutdim, lekin voz kecholmadim.
Kunmi, tunmi farqi yo'q sensiz onim bemazmun,
Bir kun ayriliq dardi tubsiz ummondek uzun.
Ko'zlaringda g'arq bo'lgan o'zligimni sen qaytar,
Kezaman telbadayin bu dunyoda darbadar.
Yurak der: "unut uni",
Qalbim lek eslar uni.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin meni yolg'iz tashlab.
Jonimni so'ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.



Авторы: doniyor ahmedov


Ummon - So'ngi Iltimos
Альбом So'ngi Iltimos
дата релиза
15-03-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.