Yalla - Abdulla текст песни

Текст песни Abdulla - Yalla




Chaqnar charos-charos ko'zlaringda cho'g',
Qushdan hurkak, kiyikdan, kiyikdan sho'x.
Qizlarga gap otishing ajab, yo ajab,
Mo'ylovi ham hali-yo chiqqani yo'q.
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla.
Bilmam baxtmi, bilmayman sinovmi sevgi,
Surishtirmas mo'ylovni, mo'ylovni sevgi.
Mo'ylovsiz ham uylansa, uylansa bo'lar,
Dang'illatib to'y qilgim, to'y qilgim kelar.
Ha, chiqay debdi yodimdan, meni xom kallam,
Senga o'sha parizod kelindan salom.
Xandalakni etmaydi, yetmaydi bo'ying,
Hali to'yga yo'l bo'lsin, yo'l bo'lsin, bola! {}
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla.
Kuyov bo'lsam arziydi, qarang ko'rkamman,
Yosh bo'lsam ham, og'ajon, ko'pni ko'rganman!
Og'ajonim, osilmang meni bo'yimga,
Bo'lmasa hech aytmayman, aytmayman to'yga!
Chindan ham gap bo'ydamas, bo'ydamas faqat,
Abdullaning o'zi-yo, o'zi azamat.
Xizmatda, biz xizmatda, izzatda sizlar,
Qani do'stlar, marhamat, to'yga marhamat. {}
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla.
Kuyovto'ra Abdulla, jon Abdulla,
To'ylar muborak bo'lsin, jon Abdulla.
Kuyovto'ra Abdulla, jon Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, man Abdulla!





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.