Юлдуз Усманова - Adolik текст песни

Текст песни Adolik - Юлдуз Усманова



"Gulim" deding, bog'ingda
Guldek o'sgan edimmi?
Gul shoxidek egilib,
Yo'ling to'sgan edimmi?
Adolik-adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?
Adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?
Sohibjamol qizlarning
Bo'lgan esang adosi,
Yengil emas, bilib qo'y,
Muhabbatning savdosi.
Sevsang qaysi suluvni,
Sinog'ini ko'rarsan.
Muhabbatning hijronu
Qiynog'ini ko'rarsan.
Tutib olmoqchi bo'lsang,
Bilgingki qushmas qizlar.
Qizil olma misoli
Og'zingga tushmas qizlar!
Qizil olma misoli
Yoningga tushmas qizlar!
Adolik-adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?
Adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?
Bir kun deding "Hoy, suluv!
Olding aqlu hushimni".
Bizda aqlu hush yo'qmi?
Suvlarga ayt tushingni!
"Evoh, qilding" deb ado,
Yo'limda bo'lding paydo.
Yo'limda bo'lib paydo,
Deysan: "adoman, ado!"
Adolik-adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?
Adolik nadir o'zi?
Shaydolik nadir o'zi?



Авторы: Yulduz Usmanova


Юлдуз Усманова - I Wish You Were Here




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.