Konsta - Oddiysan Lyrics

Lyrics Oddiysan - Konsta




Nega bunchalar oddiysan?
Shunda ham senga yengilsam...
Shunchaki o'tib ketayotgandim yana,
Meni sog'inganidan ketyaptikan dema.
Senga kulmadim, bu kulishim qotgandi betda,
Men shunchaki o'tib ketayotgandim betdan.
Treklarda sevgi, lek sen haqingdamas,
Aktyorligim nol? Tomosha qil indamay!
O'zing ham ayt qanchalik zo'r hayoting,
Aytib ber nimalar men bilan ko'rmay o'tding?
Ochig'ini aytsam, yoshliksan tortadigan,
Biron his qolganmi, aniq bor o'rtada gap!
Katta gap senga besh minut, men chidaganim,
Qizlar ko'rsa tanishim diman, sen-chi "begana"?
Lek barbiram nimadir qopti senda,
O'zi qanday qogan bo'lsang kecha shunaqasan-u.
Besh minut jim turib ho'p desangda,
Boshqa [bad word] hech, bunaqasini!
Och ko'zlarim tanangni yeb to'ymas,
Faqat iltimos sog'indim deb qo'yma!
So'zlarimga qarasang yaram qomagan, lekin,
Ko'zlarimga uzoq qarab qomagin
Nega,
Bunchalar oddiysan?
Ich ichimdan yiysan,
Nega dilimni taniysan,
Nega bunchalar, bunchalar oddiysan...
Bu so'nggi bor,
Bu so'ngisi!
Qara, sevgimiz chalajon,
Kelmaydi so'ngisi.
Ayt! Nima qilay yuragim seni so'rasa,
Qanday chiday U, sochlaring silasa...?!
Bunchalar oddiysan qara!
Bog'landimu bu safaram.
Mayli, ol yuragim yulib, yulib, yulib,
Faqatgina qol, Gulim bo'lib...!
Yurak nolidi, ammo qisqasi foyda yo'q,
Sen qaysi joyda a men qaysi joydayu.
Lattang botanik unga ish, joy tayyor,
Meni ishim o'zim bo'lish, boshqa qoida yo'q!
Sen shunchaki chaqir meni, hislarsiz,
Janjal muammolarsiz, qizlarsiz,
Balki yana bitmagan yaramni tuzlarsan,
Lekin bu chiroyli turmagingam buzilar sal.
Domofonda xonadoningni teraman borib,
Shunda senga beraman borim,
Sen kasallik lekin, keremas dori,
Bizni aloqamiz go'zal sher emas to'ri!
Shu sababli sevgili treklar sen emassan,
Qizaloq fanatim qisin darsini mazza qib.
Bizni uchrashuvda kiyilmidi kostyum,
Bizni love story ko'p qilmidi kassa!
Sen plus men?! betda plus yo'q u minus!
Biz xatolarimizdan o'qimimiz,
Biz, yonmaganlarga yoqmimiz
Yongamaganlarni yoqmimiz!
Nega bunchalar yengilsan?
Shunda ham senga yengilsam!
Nega doim kulasan kelsam a?
O'xshashing topmadim, har kuni yangilasamam...!
Bu so'nggi bor,
Bu so'ngisi!
Qara, sevgimiz chalajon,
Kelmaydi so'ngisi.
Ayt! Nima qilay yuragim seni so'rasa,
Qanday chiday U, sochlaring silasa...?!
Bunchalar oddiysan qara!
Bog'landimu bu safaram.
Mayli, ol yuragim yulib, yulib, yulib,
Faqatgina qol, Gulim bo'lib...!



Writer(s): Abdullayev Sharif



Attention! Feel free to leave feedback.
//}