Konsta - Bilsang Agar Lyrics

Lyrics Bilsang Agar - Konsta




Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan
Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan
Bir birimiz unutsagam, ammo bu sevgi unutmas
Bir birimiz unutsagam, ammo sog'inganim unutma
Tobora dardim hosili palatayu, narkozsiz koma
Dushmanlani kulgusin, iltimos ko'rmaganga olma
O'ylashdi oddiy qissa, lek bo'lashdik g'am-g'ussa
Lek sevilgan Kay man, nafratlanaman avgustdan
Yurak urushim to'xtab, qaynar tomirimda qon
Yuragim bo'm-bo'sh, xech bo'masa, san bir umr yuragimda qol
Teatrdan battar xayot, Shekspiram adashgan, inson
Adashishgan biz kabi, berilishi shart yana bir imkon
Robbi kechirguvchi oldida kimman oddiy laxat
Yo'ling poylab charchadi sabrim, bora-bora o'z-o'zin aldab
O'z-o'zim aybdor, to'rt devorga qamalganimga
Sevgim billur kabi parchalanib, amalda singan
G'ururim sinmadi, yoshlarim yashirdi kapishon
Kafan kiygizgan kupiton, uchun ojiz pardon
Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan
Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan
Bilsang agar bir kun ham, eslamagan kunim bo'madi
Bilsang agar shu kungacha, ruhan bo'ldim komada
Ko'z oldimda g'ururimni sog'inchim, go'rga ko'madi
Man shu hayotga ko'ndim, lek afsus yurak ko'nmadi
Negadir aynan bugun, ko'z oldimda aylandiku
Surating, man uchun qahraton qishga aylandi kuz
Nimaga har safar orada masofa, tark etmas ofat
O'zi nega qattan paydo bo'ldi, sevgi kasofat
Sanga tanlash huquqi, manga bitta variant как
Notebook, text, minus, coffee, nikatin va, valerianka
O'tmish bilan yashash, ishonolmay hech bir, insonga
Ishonganni umidi so'ngan, so'ng taqdir o'yiniga ko'ngan
Mana yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Farishtalaram adashdi, sevgimiz borasida
O'zga chora qomagan, boshqa eslashdan, unutishdan
Baxt elchilari bizni, allaqachon unutishgan
Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan
Yana o'sha nigoh, suratlar orasida
Necha kundir uyqu yo'q, bedor yurak dastidan
(Yana) Ko'z oldimda o'tmishsan, yonimdasan
Bilsang agar, yana, hayolimdasan





Attention! Feel free to leave feedback.
//}