Sherali Jo'rayev - Sochingdagi Oq paroles de chanson

paroles de chanson Sochingdagi Oq - Sherali Jo'rayev



Guldek qovjirabdi qirmizi dudoq,
Oh, bu o'shal tanish dil tortar nigoh.
Boy berilgan ishqdan qolgan esdalik,
Mening sevgim emasmi sochingdagi oq?
Ancha to'lishibsan, o'zingni tashlab,
Unutdingmi bizni, yangidan boshlab?
Nega kulayabsan ko'zingni yoshlab,
Mening sevgim emasmi sochingdagi oq?
Bulbullar chah-chahlab, hamon tong otar,
Turnalar qur-qurlab qanotin qoqar,
Ikkimizni tunlari qon-qon yig'latar,
Sening sevging emasmi sochimdagi oq?
Ikkimizni tunlari qon-qon yig'latar,
Sening sevging emasmi sochimdagi oq?
Qancha yo'llar o'tdi, bosilgan dovon,
Endi sen begona, men boshqa odam.
Asli dushmanimiz so'nggi pushaymon,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?
Asli dushmanimiz so'nggi pushaymon,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?
Pok dildan qaro sochga yozilgan doston,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?
Guldek qovjirabdi qirmizi dudoq,
Oh, bu o'shal tanish dil tortar nigoh.
Boy berilgan ishqdan qolgan esdalik,
Mening sevgimmasmi sochingdagi oq?



Writer(s): Sherali Jo'rayev


Sherali Jo'rayev - O'zbegim
Album O'zbegim
date de sortie
19-01-2018




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.