Sherali Jo'rayev - Ko'rmisham paroles de chanson

paroles de chanson Ko'rmisham - Sherali Jo'rayev



Do'stlar, do'stlar, bu kun ajib bir sarvi qomat ko'rmisham,
Surati boshdin oyoq g'arqi latofat ko'rmisham.
Yuzlarining shu'lasin ko'rgach gulu gulzorini,
Ko'zlarining aksini ayni inoyat ko'rmisham.
Jon kibi nozik belidan surtayi zar ostida,
Besh qobzin tig'ini jonimg'a ofat ko'rmisham.
Do'stlar, do'stlar, bu kun ajib bir sarvi qomat ko'rmisham.
Ko'rmadim monand anga chobuklik ichra necha kim,
Dilrabolar jilvasi behaddu boyad ko'rmisham.
Ketsa u chin tong emas, ko'rgach qiyomi qomatin,
Kim mani hayron oni qoyim qiyomat ko'rmisham.
Ketsa u chin tong emas, ko'rgach qiyomi qomatin,
Kim mani hayron oni qoyim qiyomat ko'rmisham.
Bilmadim holim na yerg'a oid bo'lg'ay oqibat,
Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko'rmisham.
Ogahiy, endi manga o'lmakdin o'zga chora yo'q,
Ogahiy, endi manga o'lmakdin o'zga chora yo'q,
Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko'rmisham.
Do'stlar, do'stlar, bu kun ajab bir sarvi qomat ko'rmisham.
Ha-a, dod-ay...



Writer(s): Sherali Jo'rayev


Sherali Jo'rayev - O'zbegim
Album O'zbegim
date de sortie
19-01-2018




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.