Nilufar Usmonova - Sog'inib Ko'r текст песни

Текст песни Sog'inib Ko'r - Nilufar Usmonova




Sog'inch, armon,
Bu tuyg'ular neligini bilib bo'ldim.
Lek endi o'rgataman senga!
Topmay imkon,
Men azoblar bag'rida baxtga to'ldim,
Sen esa qiziqmading menga.
Kerakligimni, ayt, his qildingmi?
Yolg'izlik bu ne, bildingmi?
Endi sen ham sog'inib ko'r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog'inib ko'r,
Sen emasmi ko'nik degan?
Sen ko'nikdingmi?
Orzu, quvonch,
Men bularning neligin unutgandim.
Lek taqdir o'rgatmoqda yana.
Gumon, ishonch,
Ikkilanib yashashga ko'nikkandim,
Lek navbat senga keldi mana!
Qanday ekan
Ko'z yosh to'kmasdan yig'lash?
Sevganlarning yuragin tig'lash?
Endi sen ham sog'inib ko'r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog'inib ko'r,
Sen emasmi ko'nik degan?
Sen ko'nikdingmi? (+)





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}