Shohjahon Jo'rayev - Do'ndiqqina текст песни

Текст песни Do'ndiqqina - Shohjahon Jo'rayev




Bir qamar siymoni ko'rdim
Bir qamar siymoni ko'rdim
Oh dilrabo do'ndiqqina
Nozli fattol ko'zlari
Voh-Voh balo do'ndiqqina
Tishlari inju bilan to'lgan sadafdur shodasi
Lali lablar qontalash
Dilkusho do'ndiqqina
Lali lablar qontalash
Dilkusho do'ndiqqina
Sochlari soydur aning
Ham qoshlari yoydur aning
Zavqim uyg'ondi maning
Subxi sabo do'ndiqqina
Tutsamu qo'llaridan
Quchsam yonib bellaridan
Bol ichib tillaridan
Sursam safo do'ndiqqina
Bol ichib tillaridan
Sursam safo do'ndiqqina
Bir qamar siymoni ko'rdim
Bir qamar siymoni ko'rdim
Oh dilrabo do'ndiqqina
Jon tugub zulfigayo
Aylaymu tongimni qaro
Turfa dilbarlar aro
Qilsa jafo do'ndiqqina
Bulbuli shaydo o'zim
Ham shoh-u ham gado o'zim
Oshig'i ado o'zim
Boqmas qiyo do'ndiqqina
Oshig'i ado o'zimmey
Boqmas qiyo do'ndiqqina
Lo'ppi-lo'ppi yuzlari
Dardga davodur so'zlari
Lo'ppi-lo'ppi yuzlari
Dardga davodur so'zlari
Gulbadandur o'zlari
Nozik ado do'ndiqqina
Gulbadandur o'zlari
Nozik ado do'ndiqqina
Bir qamar siymoni ko'rdim
Bir qamar symoni ko'rdim
Voh dilrabo do'ndiqqina
Voh-voh balo do'ndiqqina
(End).



Авторы: Rizanovauz



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}