Ummon - Shamol текст песни

Текст песни Shamol - Ummon



Nahotki ikkimizdan ham bir
Kerakli so'z topilmasa,
Nahotki bu keraksiz mavzu
Ochilsa-yu yopilmasa
Nahotki baxtim deganim
Endi armonim bo'lib qolasan,
Nahotki yarim bo'lagim
Ko'nglim yarmim bo'lib olasan,
Uch kundan beri uyqu yo'q
Almashtiradi uyqu yoshni
Lekin menga farqi yo'q,
Halovat yo'qolgan topilmaydi o'zimni qo'ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi lek yurak so'rar najot,
O'sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam,
Tegidagi navo,
Qilolmay tasavvur,
Xayolda bitta savol,
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?
O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vahtim,
So'zlarim tingla so'nggi bor.
O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama.
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma.
Endi mani ko'zlarim bilan olamga qara.
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko'chalardan topib go'zal manzara,
Xayotga sevgan ko'zlar bilan qara.
Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning.
Baxt sababchi bo'lsin ko'zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo'ng'iroqlarim buzmaydi tuning.
Endi yuzingdagi tabassum bo'lmaydi sun'iy.
Endi xayotimni nuri bilan yorit yo'ling.
Qiyin bo'lgandi orzularimiz tutsin qo'ling.
Endi mani felim bilan tashvishga beparvo
Bo'lib shirin xayollairngda qilaver parvoz.
Endi bo'lsin o'sha shirin tushlaring bari rost
Bo'l baxtga yaqinroq
Mayli mandan nariroq
Parvoz et eshitmay
Yonimda qol desam
Man esa pastga
Qanotlarim qoldi sanda.
O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vahtim,
So'zlarim tingla so'nggi bor.
O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama.
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma.



Авторы: Zohid Riskiyev


Ummon - To'plam
Альбом To'plam
дата релиза
03-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.