Ummon - Sog'ina текст песни

Текст песни Sog'ina - Ummon



Kunlar o'tgan sari so'lib borar edim,
Qaytishingga ishonib she'rlar bitar edim.
She'rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz,
Hayotdagi eng go'zal taqdirlarmiz.
Afsus bular oddiy qog'ozga bitilgan she'rlar,
Hayotda eslamaganiga bo'ldi anchalar.
Qanchalar sog'inganimni bilsa edi,
Qay ahvolga solib ketganini ko'rsa edi...
Kuta-kuta she'rlarimni suvlarga ag'darib yubordim,
Bir kun keladi degan umiddan tondim.
Oxir ishondim qaytmasligingga,
Jonim inondim yog'onlaringga.
Alvido, ko'zimda yosh, bag'ritosh,
Sen eding bag'rimni yoritib turgan quyosh.
Oramizdagi ishonch qayda qoldi?!
Tunlar dil sog'inib o'tda yondi
Sog'ina, sog'ina, sog'ina
Osmonlarga qaradim ovuna,
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman og'rina, og'rina.
Og'rina, og'rina, og'rina,
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman sog'ina sog'ina...
Alvido bo'ldi tamom, ko'ngil ishon,
Endi u qaytmaydi hech qachon.
Tugadi sevgi sahifasi,
Qalbimning rishtasi mani tark etdi - yuragim farishtasi,
Sanga ishonar edim jonim,
Ishonchimni ustida izlaring janonim.
Qaysi qilgan aybim uchun o'girding yuz?
San bilan suhbat qurgim kelganida yuzma-yuz.
Sur'ating bilan sirlashib yotar edim afsus,
Savollarimga javob qolaverar edi.
Kunlar o'tgani sari u mani unutar edi,
Yurak sezar edi bari bo'ldi tamom.
Har tong uyg'onganimda sog'inch azobidan to'kilaman,
O'sha menman - sariq hazon.
Osmon, jondan sog'inganimni kimga aytay?
Atrofimda do'stdan ko'ra dushman talay.
Go'yo u ham menga dushmanday...
Sog'ina, sog'ina, sog'ina
Osmonlarga qaradim ovuna,
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman og'rina, og'rina.
Og'rina, og'rina, og'rina,
Osmonlarga qaradim ovuna.
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman sog'ina sog'ina...



Авторы: Zilola Bakhodyrovna Musaeva


Ummon - To'plam
Альбом To'plam
дата релиза
03-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.