Ummon - Kechirgin текст песни

Текст песни Kechirgin - Ummon



Bir o'zimman yana...
Yolg'izligimni...
Ko'chada yomg'ir...
Uyda esa og'ir...
Kecha u uzatildi...
Kecha uni yo'qotdim...
Qo'limda suratlari...
Ustida ko'z yoshlarim...
Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman,
Uni yo'qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman...
Yog'ayotgan yomg'ir - uni ko'z yoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yo'qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman...
Sen meni kechirgin,
Yana ko'zlaringda yosh...
Yana men sababchiman,
Yuzingda yo'qdir quvonch...
Axir bilar edim-kuuuu
Senga yetmasdi qo'lim.
Seni yosh uzatishdi,
Yetmadi vaqtim...
Meni kechir,
Menimcha, endi hech qachon esimdan chiqmasa kerak
Oltmish yettinchi avtobus.
Chunki unda har doim sen kelarding oldimga,
Va yana o'sha yashil avtobus
Olib ketardi seni uyingga.
Kecha esa, uzun qora Limuzinda
O'tirardi kimdir yoningda,
Seni yosh uzatishdi,
O'n yetti yoshingda...
Men seni sevaman,
So'zlarimga ishon.
Hech bo'lmaganda
Bir yil vaqt bo'lganida,
Ishon, seni dunyodagi
Eng baxtli qiz qilar edim.
Agarda bo'lganida,
Yana ozgina imkon.
Baxtli kunlarim
Uchib ketdi yiroqqa
Baxtsiz kunlarim meni
Tashlamoqda firoqqa.
Men seni har bir nafasimda sevaman,
Qanday yashaymiz endi bir-birimizdan yiroqda?!
Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmaymann
Uni yo'qotganimga ishonmayman
Ishonmayman...
Yog'ayotgan yomg'ir uni ko'z yoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil,
Uni yo'qotganimga ishonmayman
Ishonmayman...
Sen meni kechirgin,
Yana ko'zlaringda yosh.
Yana men sababchiman,
Yuzingda yo'qdir quvonch.
Axir bilar edim-kuuuu,
Senga yetmasdi qo'lim.
Seni yosh uzatishdi,
Yetmadi vaqtim...



Авторы: Zohid Riskiyev


Ummon - To'plam
Альбом To'plam
дата релиза
03-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.