Ummon - Yig'lama Yurak текст песни

Текст песни Yig'lama Yurak - Ummon



Sen bilan o'tgan kunlar o'tmishga aylandi,
Xazon bo'ldi orzular, armonga belandi.
Biz sevgan baxtning kuyi endi yangramaydi,
Tunlari ko'kda porlagan yulduz
Biz uchun nurlar sochmaydi.
Yig'lama yurak, yig'lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom.
O'ylamay deyman, lekin o'ylamay bo'lmaydi,
Sog'inchlar menga qarshi, hech tinim bermaydi.
Yuzlaringdagi kulgu xayoldan ketmaydi,
Endi kimga atalar ekan u,
Aqlimga aslo sig'maydi.
Yig'lama yurak, yig'lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom.
Sensiz kechalardan to'ydim,
Yuragimdan yondim-kuydim.
Armonlaridan, yolg'onlaridan
Sevgini tushunolmay ham qoldim.
Bir bor, bir yo'q bu sevging,
Sarson, bilmaydi yuraging.
Ketma-ket quvonch, ketma-ket azob,
Aqlimga sig'maydi, bo'la olmadik birga nahot?
Yig'lama yurak, yig'lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom.



Авторы: Zohid Riskiyev


Ummon - To'plam
Альбом To'plam
дата релиза
03-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.