Sherali Jo'rayev - Qora Ko'zli Sanamjon Lyrics

Lyrics Qora Ko'zli Sanamjon - Sherali Jo'rayev

Sochlaringni sariqqa bo'yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko'zli sanamjon, o'zing yaxshi bilasan
Ko'ksimdagi dardimni so'rab nima qilasan?

Hasrat to'la so'zga so'z ulab nima qilasan,
O'zingnida manida qiynab nima qilasan?
Qaro ko'zli sanamjon, o'zing yaxshi bilasan
Qayda vafo bormi deb so'rab nima qilasan?

Daryo suvi oqarmu qor yog'masa tog'larg'a,
Gullar kulib boqarmu san kelmasang bog'larg'a?
Qaro ko'zli sanamjon, o'zing yaxshi bilasan
Ishqdan boshqa davo yo'q ko'ksimdagi dog'larg'a.
Qaro ko'zli sanamjon, o'zing yaxshi bilasan-ey
Sendan boshqa davo yo'q ko'ksimdagi dog'larg'a.
Sochlaringni sariqqa bo'yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko'zli sanamjon, o'zing yaxshi bilasan
Ko'ksimdagi dardimni so'rab nima qilasan?
Qaro ko'zli sanamjon-ey, o'zing yaxshi bilasan
Ko'ksimdagi dardimni so'rab nima qilasan?
Ko'ksimdagi dardimni so'rab nima qilasan?
Ko'ksimdagi dardimni so'rab nima qilasan?

Writer(s): Sherali Jo'rayev

Attention! Feel free to leave feedback.