Sevara Nazarkhan - Bilarsan текст песни

Текст песни Bilarsan - Sevara Nazarkhan



Ha bilaman, mo'ltirab har kun
Yo'llarimga ma'yus boqasan.
Men emas, tun keladi mahzun,
Umid yulduzlarin yoqasan.
Tunlar o'tar, oy chiqib-botib,
Ilhaq shamlar tortadi xira.
Osmon boqar quyoshni yoqib,
Mendan darak bo'lmaydi sira.
Sening tog'dek sabring yemirib,
Oqaverar jilg'asida baxt.
Yuragingga gumonlar kirib,
O'rgimchakdek aylaydi karaxt.
Men aylanay go'yo xayolga,
Orzularga bo'larman nusxa.
Timsol bo'lib sodda ayolga,
Hijronlarni tilarsan qisqa.
Sen sezasan, sezarsan har zum,
Nigoh yanglig' qadalganimni.
Qayda bo'lmay bilarsan ma'sum,
Yolg'iz senga atalganimni.
Sening tog'dek sabring yemirib,
Oqaverar jilg'asida baxt.
Yuragingga gumonlar kirib,
O'rgimchakdek aylaydi karaxt.
(Sening... sabring yemirib...
Sening... sabring... sabring... sening...)
Sening tog'dek sabring yemirib,
Oqaverar jilg'asida baxt.
Yuragingga gumonlar kirib,
O'rgimchakdek aylaydi karaxt.



Авторы: Jonibek Subhon


Sevara Nazarkhan - 2019
Альбом 2019
дата релиза
14-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.