Sevara Nazarkhan - Dunyongda текст песни

Текст песни Dunyongda - Sevara Nazarkhan



Dunyongda boryabman sog'inchga to'lib,
Sensizlikka ko'nib, benajot ko'nib.
Sensiz bu dunyongda, sen bo'lsa biroq,
Masalan kechasan, masalan chiroq.
Masalan yurakni yirtguvchi og'riq,
Yolg'on kunduzlardan qolgan chin yorug'.
Masalan boshimda gar aylangan charx,
Uzun kuz qalbimda uchgan xazon-barg.
Qarasam tuproqsan, qarasam osmon,
Hamisha yiroqsan, hamisha armon.
Qarasam olovsan, qarasam yaproq,
Ammo Mudom dardsan,
Mudom dardsan.
Dunyongda boryabman sog'inchga to'lib,
Masalan tirilib, masalan so'lib.
Sog'inch taslim etgan, sog'inch zabt etgan,
Umr borsa qaytmas yo'llariga ketgan.
Dunyongda boryabman sog'inchga to'lib,
Sensizlikka ko'nib, benajot ko'nib.
Sensiz bu dunyoimda, sen bo'lsa biroq,
Masalan kechasi, masalan chiroq.
Qarasam tuproqsan, qarasam osmon,
Hamisha yiroqsan, hamisha armon.
Dunyongda boryabman sog'inchga to'lib,
Sensizlikka ko'nib, benajot ko'nib.
Sensiz bu dunyoimda, sen bo'lsa biroq,
Masalan kechasan, masalan chiroq.



Авторы: Sevara Nazarkhan


Sevara Nazarkhan - 2019
Альбом 2019
дата релиза
14-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.