Sevara Nazarkhan - Kunlar текст песни

Текст песни Kunlar - Sevara Nazarkhan



O'tar dunyo demas,
Kunlar o'tib ketaveradi.
Bag'ri xunga bag'ri xunlar
Ko'ngil yoraveradi.
Kimni gardga, kimni nurga
Kunlar qoraveradi.
Kimdir nafas olar zo'rg'a,
Kimga quvvat beradi.
Kimning nafsi xuddi nahang,
Og'zin yana keradi.
Kimning esa ahvoli tang,
Qushdek rizqin teradi.
O'tar dunyo demas,
Kunlar o'tib ketaveradi.
Bag'ri xunga bag'ri xunlar
Ko'ngil yoraveradi.
Bu dunyoning qonuni yo'q,
Xohlaganni bo'ladi.
Daryolarni xoh asov sho'x,
Xohishiga buradi.
Bu dunyoning qonuni yo'q,
Xohlaganni bo'ladi.
Daryolarni xoh asov sho'x,
Xohishiga buradi.
O'tar dunyo demas,
Kunlar o'tib ketaveradi.
Bag'ri xunga bag'ri xunlar
Ko'ngil yoraveradi.
Kimni gardga, kimni nurga
Kunlar qoraveradi.
Kimdir nafas olar zo'rg'a,
Kimga quvvat beradi.
Bu dunyoning qonuni yo'q,
Xohlaganni bo'ladi.
Daryolarni xoh asov sho'x,
Xohishiga buradi.
Bu dunyoning qonuni yo'q,
Xohlaganni bo'ladi.
Daryolarni xoh asov sho'x,
Xohishiga buradi.



Авторы: sevara nazarkhan


Sevara Nazarkhan - 2019
Альбом 2019
дата релиза
14-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.