Sevara Nazarkhan - Menga Ham Orgating текст песни

Текст песни Menga Ham Orgating - Sevara Nazarkhan



Menga ham o'rgating sog'inmaslikni
Barin unutmoqni o'rgating menga
O'rgating goh o'ylab og'rinmaslikni
Va bu ishqni qanday olmoqni yenga
Menga ham o'rgating tashlab ketishni
Va ayta olmoqni achchiq so'zlarni
O'rgating ayamay yoshlab ketishni
Izingizdan qarab qolgan ko'zlarni
Menga ham o'rgating sadqasi bo'lay
Ishqingiz o'rgatgan har bir saboqning
O'rgating anglating men nima qilay
Humori o'rtasi otash dudoqning
Menga ham o'rgating suyunmaslikni
Beparvo bo'lmoqni agar suysalar
O'rgating hech qachon kuyunmaslikni
Ishqingizdan yonib yonib kuysalar
Menga ham o'rgating lazzat olishni
O'zgani sevdirib o'zi sevmasdan
O'rgating bir umr yodda qolishni
Va kelmay ketmoqni bir so'z demasdan
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni



Авторы: Bobur Bobomurod


Sevara Nazarkhan - 2019
Альбом 2019
дата релиза
14-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.