Sevara Nazarkhan - Sen Yashar Kochada текст песни

Текст песни Sen Yashar Kochada - Sevara Nazarkhan



Sen yashar ko'chadan mastona yurdim
Tolega suyanib entikdim, turdim.
Sen yurgan makonni ko'nglimga solib
Eng yorug' eng toza bir dunyo qurdim
Sen yashar kõchqdan mastona yurdim.
Sen yashar ko'chada bir yil kun bo'ldim
So'ngra asrlardan uzun tun bo'ldim
Sog'inchning holidan bir bor habar ol
Tun ichra o'ksinib, bag'ri xun bo'ldim
Sen yashar ko'chada bir yil kun bo'ldim
Sen yashar ko'chaning bir eshigi berk
Eshikni ocholmas na gado na bek
Kimga ochiladi o'zi biladi
Qulfini ochib qo'y eshikka ber erk
Sen yashar ko'chaning bir eshigi berk
Sen yashar bu ko'cha eng sevimli bayt
Yodaga o'qiyman yuragimda qayt
Men bilan yur desam sensiz yurmaydi
Bu sensiz ko'chada nima qilay
Sen yashar bu ko'cha eng sevimli bayt
Sen yashar ko'chaga bo'lmaydi to'yib
Uni olib ketdim yelkamga qo'yib
Oh ursam esimga tushgan chog'laring
Yig'lay devoriga boshimni qo'yib
Sen yashar ko'chaga bo'lmaydi to'yib
Sen yashar ko'chadan mastona yurdim




Sevara Nazarkhan - 2019
Альбом 2019
дата релиза
14-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.